
davlat ramzlari
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Ramzlari
O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari — bayroq, gerb va madhiya xalqimizning ozodligi, mustaqilligi, tinchligi va buyuk kelajagiga bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasidir. Har bir o‘zbekistonlik bu muqaddas timsollarni e'zozlaydi va ulug'laydi.#Mustaqillik #Vatan #Tarix
Davlat ramzlari — xalqimizning shon-shulhrati, g‘ururi va buyuk kelajagining abadiy timsolidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i
Davlat bayrog‘i mamlakatimiz suverenitetining ramzidir. Undagi moviy rang — musaffo osmon va obihayot timsoli, oq rang — tinchlik va poklik, yashil rang — tabiat va yangilanish ramzidir. Qizil yo'llar esa har bir tirik jonning tomirida urib turgan hayotiy kuchdir. Hilpirayotgan yangi oy va o‘n ikkita yulduz tinchlik, qadimiy kalendar va mukammallikni bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Davlat gerbi tog‘lar, daryolar, o‘ng tomondan bug‘doy boshoqlari va chap tomondan paxta chanoqlari bilan o‘ralgan gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan iborat. Gerbning markazida baxt, erk, jasorat va saxiylik ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yoyib turibdi. Yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi — yurtimizning qudrati, tinchligi va xalqimizning ezgu niyatlarini tarannum etuvchi muqaddas kuy. Mutal Burhonov musiqasi va Abdulla Oripov so‘zlari asosida yaratilgan madhiya har bir yurtdoshimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini jo‘r qiladi.
Vatanga muhabbat
Vatanga muhabbat — bu ajdodlar merosiga sadoqat, ona yurt har bir qarich yerini e'zozlash va uning ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shish demakdir. Muqaddas ramzlarimiz ostida birlashgan xalqimizning kelajagi har doim yorug‘ va buyuk bo‘ladi.